Hukumat qarori bilan “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab sertifikatlangan mahsulotlar va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan markirovka qilishni boshlash rejalashtirilmoqda.
Hukumat qarori bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi. Boshqaruv organi Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Hukumat qarori bilan uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llangan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibi tasdiqlandi. Elektron brasletlar 2025-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich qo‘llanadi.
Hukumat qarori bilan respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek, davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Hukumat qarori bilan yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tartib tasdiqlandi. Hujjatda O‘zbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan ro‘yxati keltirilgan.
Uchta viloyatning 12 ta tuman va shahri hokimi elektr energiyasi va gazni tejash bo‘yicha rejalarni buzgani, ulardan foydalanish limitlarini oshirgani uchun hayfsan oldi. Energiya resurslari talon-toroj qilingani uchun 2 hokim va 3 hokim o‘rinbosari jazolandi. “O‘zbekko‘mir” rahbari o‘rinbosari ham jazo oldi.
Hukumat “Sanoat korxonalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Hujjat bilan avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarning manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning yordamchisi va qabulxonasi mudiri Sarvar Ashurov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Shuhrat Ibragimov egalladi.
Prezident avvalgi hukumat ishiga baho berib, kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Ular orasida 2030-yilgacha YAIMni 160 mlrd dollarga yetkazish, inflyatsiyani 5−6 foizda ushlab turish, 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy sohada islohotlar o‘tkazish va boshqalar bor.
19-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan amaldagi hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. Amaldagi hukumat yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
Shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam norentabel avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjatda budjet tizimi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash tartibi ham belgilangan.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat chegara zonasiga kirish-chiqish, undan o‘tish, u yerda bo‘lish hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston hukumati Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritdi. Ular fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va bunday tadbirlar vaqtida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Uning tarkibida Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi ham tashkil etiladi.
Senat Vazirlar Mahkamasi faoliyatini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot, budjet, moliya, soliq, ijtimoiy soha, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari aniq belgilab qo‘yilmoqda.
Toshkent aholisi Do‘stlik (Bobur) bog‘ini tadbirkorga ijaraga berish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilishni talab qilib, sudga ariza bilan murojaat qildi. Ariza beruvchilar jamoatchilikka ochiq bo‘lmagan hujjatlarda “aholining huquq va manfaatlarini buzuvchi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin”ligidan xavotirda.
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lashga ruxsat berilishi belgilandi.
2024-yildan tadbirkorlar o‘rtasida “Yong‘in xavfsizligi a’lochisi” tanlovi o‘tkaziladi. G‘olib 100 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi va uning faoliyati 2 yil davomida davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi xodimlari “Yashil makon” loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ko‘chat ekdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting